Yig‘ilishda yo‘llarda avtobuslar harakati uchun infratuzilma masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Toshkent shahridagi 73 ta asosiy ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etib, chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi.

Bu orqali, avtobuslar o‘rtacha tezligi 1,5 baravar oshib, kechikishlar bartaraf etiladi.

Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

– o‘z hududida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;

– namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirildi.

Ayni paytda hududlar rahbarlari va soha mutasaddilari berilgan topshiriqlar ijrosini qanday tashkil etishi yuzasidan axborot bermoqda.


O‘zA