Davlatimiz rahbari bu sohada muammolar to‘planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o‘zgartirish zarurligini qayd etdi.

Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yo‘nalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yo‘lovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.

Shu munosabat bilan Prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

O‘zA