O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan, ushbu qo‘shni davlatga rasmiy tashrif bilan bormoqda. Toshkent tashqi siyosatda Bishkek bilan muhim ahamiyatga ega ko‘p qirrali aloqani yo‘lga qo‘ygan. Keyingi yillarda, ayniqsa, 2022 yil ikki davlat siyosiy-diplomatik munosabatida ulkan ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Hamkorligimiz zamirida ikki tomonlama e’tirof etilgan milliy manfaatlar va davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, o‘zaro ishonchli muloqoti mujassam. Ushbu jarayonning mohiyati, rivojlanish tamoyili va tashrifdan kutilayotgan natijalar xususida Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti professori, siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Sayfiddin Jo‘rayev mulohaza yuritadi.

 Sayfiddin aka, O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabati tarixida ijobiy-salbiy holatlar kuzatilgan. Bugun siyosiy-diplomatik yo‘nalishdagi muhim ijobiy natijalar nimalarda ko‘rinadi? Dastlab shu haqda gapirsangiz.

 Avvalo, keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va ishonchli hamkorlik vujudga kelganini alohida ta’kidlashni istardim. Diplomatik aloqa o‘rnatilgan 1993 yildan boshlab, o‘zaro munosabatning huquqiy asosi yaratilgan, orada 200 dan ortiq bitim va shartnoma mavjud. Xususan, amaldagi Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Strategik sheriklik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya kabi muhim hujjatlar ko‘p qirrali sheriklikni aniq amaliy mazmun bilan boyitgan, aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘targan.

Birgalikdagi sa’y-harakat tadrijini ikki bosqichda ko‘rish mumkin. Bunda 2017 yilgacha bo‘lgan davr o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu bosqichda, ochiq aytish kerak, aloqalar sezilarli tarzda susaydi. O‘sha davrdagi vaziyatni davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamin qadar holga kelgani, sarhadlar va suv masalasida muammolar to‘planib qolgani bilan izohlash mumkin. Yetakchilar faqat mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi tadbirlardagina uchrashadigan holat yuzaga kelgan edi.

Salkam yetti yildan beri esa ikki davlat o‘rtasidagi muloqot butunlay yangi sur’at va mazmun kasb etdi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyoni eng ustuvor yo‘nalish etib belgilagan va bu yo‘ldagi vazifalarni qat’iy amalga oshirishga kirishgan. Bu borada, jumladan, Qirg‘iziston bilan o‘zgacha ijobiy muhit yaratilgan, butunlay yangi siyosiy muloqot va o‘zaro ishonch ruhi vujudga kelgan, deb dadil aytish mumkin.

Masalaning yana bir muhit jihati, Toshkent tashabbuslari Bishkek tomonidan ham to‘la qo‘llab-quvvatlanayotganida. Bu holat, o‘z navbatida, uzoq vaqt davomida to‘planib qolgan muammolarni hal etish barobarida barcha sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkonini bermoqda.

Как buдут функционироvaть пункты пропуска на киргизско-узбекской границе

 Bu orada o‘zaro bordi-keldi ham avj oldi…

 To‘g‘ri ta’kidladingiz. Ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentyabr oyida Qirg‘izistonga uyushtirildlgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatda tub burilish yasadi. Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarining 85 foizi bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Birinchi navbatda aholi manfaatidan kelib chiqib, chegarani kesib o‘tish tartibi soddalashtirildi. Hozir ikki davlat chegarasida 18 nazorat punkti ishlab turibdi. Bu maskanlar iqtisodiy, madaniy-gumanitar diplomatiya rivojiga xizmat qilmoqda.

Qolaversa, davlat sarhadlarini belgilash jarayoni xalqaro me’yorga, o‘zaro manfaatga muvofiq olib borilishi chegaralardan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik yo‘lida foydalanish uchun keng yo‘l ochdi. Nafaqat ikki mamlakat, balki butun mintaqa davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni butunlay yangi mazmun bilan boyitib, yuqori bosqichga olib chiqish jarayonini tezlashtirdi.

Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarovning 2021 yil O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida ham ochiq, konstruktiv va do‘stona muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Turli sohalar, jumladan, suv resurslari va energetikadan foydalanish, chegaralarni delimitatsiya, demarkatsiya qilish masalalari o‘zaro manfatli tarzda muhokoma qilindi va tegishli kelishuvlarga erishildi.

Siyosiy-diplomatik muzokara yakuni bo‘yicha jami 22 hujjat imzolangandi. Prezidentlarning barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Dunyoda yuzaga kelgan murakkab sharoitda erishilayotgan bunday natijalar davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yangi davrning kuchli transformatsiyasiga uchraganini ko‘rsatdi.

Muzokaralar ahamiyatini bir qator muhim jihatlarda ko‘rish mumkin.

Birinchidan Qambarota suv omboriga investitsiya kiritish orqali elektr energiyasi mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha oldin erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish imkoni tug‘ildi. Bu o‘zaro aloqani rivojlantirish ruhi va istiqboliga mos keldi, ikki davlatning mintaqa  bo‘yicha yirik loyihalarni mustaqil amalga oshira olish qobiliyatini namoyon etadi.

Ikkinchidan, davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnomaning, Andijon (Kampirobod – tahririyat) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida bitimning imzolanishi va ratifikatsiya qilinishi amaliy hamkorlik chuqurlashuviga, nafaqat O‘zbekiston va Qirg‘iziston, balki Markaziy Osiyo mintaqasi barqaror taraqqiyotiga turtki berdi.

Правительство Кыргызстана рассказало об обмене землями с Узбекистаном – Новости из Кыргызстана – АКИpress

 Sayfiddin Ahmatovich, mana shu ikki muhim hujjatнинг asl mohiyatiga batafsilroq to‘xtalsak…

 Yaqinda ikki davlat tomonidan xalqaro huquq me’yori asosida ratifikatsiya qilingan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma 13 moddadan iborat bo‘lib, mazkur hujjatda umumiy sarhadning 35 uchastkasida umumiy uzunligi 302,29 kilometrli chiziq belgilandi. Kelishuvga ko‘ra, 4957 gektar suv ombori hududi hamda to‘g‘onga xizmat ko‘rsatish va majmuani muhofaza qilish uchun qo‘shimcha 19,5 gektar maydon O‘zbekistonga o‘tkaziladi. Qirg‘izistonga esa kompensatsiya tarzida 1019 gektar yaylov beriladi.

Shuningdek, suv omborining bitmay qolgan Kampirobod chap qirg‘oq kanali uchun “G‘ovasoy” uchastkasidan 12 849 gektar yer maydoni ham qo‘shni davlatga kompensatsiya tarzida beriladi. Qirg‘iz tomoni “G‘ovasoy” daryosining tabiiy oqimiga to‘sqinlik qiladigan gidrotexnik va boshqa inshootlar qurmaslik, suvning texnik jihatdan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi. Shartnomaga ko‘ra, Andijon (Kampirobod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish masalasi va So‘x tumanidagi “Chashma” bulog‘i joylashgan uchastka alohida shartnoma bilan tartibga solinishi kelishilgan. Shu bilan birga ayrim uchastkalarda demarkatsiya ishlari to‘la tugallanmaguncha, davlat chegarasini nazorat qilish va qo‘riqlash yerdan amaldagi foydalanish tartibi bo‘yicha davom ettiriladi.

Tomonlar ratifikatsiya qilgan ikkinchi muhim hujjat – suv manbalarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimga asosan, Andijon (Kampirobod) suv ombori resurslarini birgalikda boshqarish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzildi. Har ikki davlat tomonidan hujjat ijrosi uchun vakolatli davlat idoralari, o‘zaro hamkorlik tartibi, majburiyatlar belgilab olindi. Hujjatda suv omborining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ham aks etgan.

Bunday kelishuvga erishish zamonaviy “xalqa siyosat”da muhim strategik ahamiyatga ega, mustaqil suveren kelishuv hisoblanadi. Bu voqeaga o‘zaro munosabat tarixidagi yirik burilish sifatida qarash kerak. Birinchidan kelishuv mintaqada suv va chegara masalasiga oid mavjud mojaroga barham beradi. Sarhad chizig‘i delimitatsiya qilinishi mazkur hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli nizolarning oldini oladi.

Ikkinchidan eng asosiysi, ayni murosaga tashqi kuchlar maslahati yoki ta’sirisiz kelindi. Bu mintaqa davlatlari uchun umumiy muammolarni hal etish, turli ehtimoliy inqirozlarning oldini olishda o‘ziga xos namuna – “model” bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.

Uchinchidan Andijon (Kampirobod) suv ombori birgalikda boshqarilishi sakkiz mingga yaqin fermer xo‘jaligini suv bilan uzluksiz ta’minlash, natijada 2,5 million tonnadan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish va kamida 500 million dollar miqdordagi eksport salohiyatini yuzaga chiqarish imkonini beradi.

To‘rtinchidan bu xalqaro hujjatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xalq diplomatiyasi rivojlanishiga, savdo-iqtisodiy munosabat kengayishiga, turfa yo‘nalishlarda o‘zaro ishonch va uzviy muloqot kuchayishiga olib keladi.

Beshinchidan davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma va Kampirobod suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida kelishuv amaliy hamkorlik chuqurlashishi, Markaziy Osiyo mintaqasi barqaror rivojlanishi uchun yangi shart-sharoit yaratadi.

         O‘zA siyosiy sharhlovchisi

Abror G‘ulomov suhbatlashdi.