Vetnamning hukmron partiyasi Markaziy qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Nguyen Suan Fukning o‘z ixtiyori bilan bergan iste’fosini qabul qildi, deb xabar tarqatdi Vetnamning VnExpress gazetasi qo‘mita bergan ma’lumotga tayanib.
“Prezident bir nechta davlat mulozimlari, jumladan, bosh vazirning ikki nafar birinchi o‘rinbosari va uch nafar vazirning og‘ir oqibatlarga olib keluvchi xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun javobgardir. Bosh vazirning ikki nafar birinchi o‘rinbosari lavozimidan chetlatilgan, ikki vazir va bir nechta amaldorlarga esa jinoiy ayblovlar ko‘yilgan. O‘zining mas’ulligini yaxshi anglagan Fuk prezidentlik lavozimidan ketishga qaror qildi”, – deyiladi gazeta bergan xabarda.
Fuk 2016 yildan 2021 yilgacha Vetnamning bosh vaziri bo‘lgandi. 2021 yil aprelda u mamlakat Prezidentligiga saylangan.