Yurtimiz tennischilari yilning ilk oyidagi xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishmoqda.

O‘tgan haftaning so‘nggi kunlarida yosh tennischilarimiz Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston va Qatar davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda munosib natijaga erishgan bo‘lsa, ularning zafarli yurishini Turkiyaning Antaliya shahri mezbonligida o‘tgan ITF tasnifiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Maksim Shin davom ettirdi.

Hamyurtimiz va rossiyalik Aleksandr Lobanov juftligi Antaliya kortlaridagi xalqaro turnirning final bahsida germaniyalik Tom Gents  hamda Adrian Oetbach tandemini 6/3, 6/4 hisobida dog‘da qoldirdi va g‘oliblikni tantana qildi.

Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi xabar berdi.

 

O‘zA