Xorvatiya Yevrozonaning 20-a’zosiga aylandi. Mamlakatdagi, deyarli, barcha bankomatlar qayta sozlandi va bugundan boshlab faqat yevroga moslashtirildi, deb xabar qiladi “Dnevnik”.

Aylanma pul miqdorini oshirish uchun qurilma aprelga qadar faqat 10 va 20 yevrolik kupyuralar beradi. Hamma bankomatlarda 50 yevro qiymatli kupyura olishning iloji bo‘lmaydi.

Xorvatiya Milliy banki tangalarni uch yil davomida, qog‘oz pullarni nomuayyan muddatgacha almashtiradi. Mamlakat fuqarolarining yangi valyutaga moslashishini  osonlashtirish uchun sotuvchilardan yil oxiriga qadar narxni yevroda ham, kunada ham ko‘rsatish talab etiladi.