Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlari tomonidan «Tashqi migratsiya to‘g‘risida» Qirg‘iziston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida» qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza olishi soddalashtiriladi, olgan vizalarining amal qilish muddati uzayadi hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritishning bir nechta variantlari taqdim etiladi.

Xorijiy fuqarolar o‘zlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun vizaga ega bo‘lishadi.

Qonun loyihasi kiritilayotgan mablag‘ miqdoriga ham aniqlik kiritgan. Unga ko‘ra, kamida 10 million som miqdorida investitsiya kiritgan xorij fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 5 yil muddatga viza olish huquqiga ega bo‘ladi.

Agar xorijlik fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning Qirg‘iziston iqtisodiyotiga kiritadigan investitsiyasi hajmi 20 million somdan ziyod bo‘lsa unga 10 yilga viza beriladi.