FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi Otajon Xudoyshukurov nomidagi Madaniyat saroyi aholining sevimli maskanlaridan.

Manzilda turli yoshdagi aholining madaniy dam olishi va yaxshi hordig‘i uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tuman hokimligi ko‘magi bilan 2019 yil Madaniyat saroyi binosida qiymati 6 milliard so‘mlik kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Hozirda dargohda milliy hunarmandchilik, musiqa va san’at yo‘nalishida 20 dan ortiq to‘garak, shuningdek, «Feruz», «Tarona» kabi ashula va raqs ansambllari faoliyat yuritmoqda.

Maskanda shuningdek, Otajon Xudoyshukurov nomidagi muzey tashkil etilgan.

Otajon Xudoyshukurov o‘tgan asrning 1944-1994 yillarida yashab o‘tgan va o‘zining ijodi bilan xalqqa yaqindan tanilgan betakror san’atkorlardan. Uning nomi nafaqat Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston Respublikasida balki Markaziy Osiyoda ham juda mashhur.

Muzeyning ekspozitsiya zalida san’atkorning umr yo‘li va ijodiga taalluqli bir qancha eksponatlar mavjud. Bu yerga tashrif buyuruvchilar san’atkorning shaxsiy buyumlari, hujjatlari, oilaviy foto albomlari, o‘qigan adabiyotlari, qo‘llangan musiqa asboblari hamda ijodiy safarlardagi va sahnadagi chiqishlarini aks etgan fotosuratlari bilan yaqindan tanishishi mumkin.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA