Copernicus iqlim xizmati mutaxassislarining ta’kidlashicha, 2022 yil ekstremal iqlim, anomal harorat va atmosferada is gazlarining yuqori konsentratsiyalashuvi hodisalariga boy bo‘ldi. Xususan, 2022 yilning yozi Yevropada kuzatuv tarixi boshlangandan bo‘yon eng issiq yil sifatida qayd etildi, kuz ham odatdagidan issiq kelgan.
Yilning o‘rtacha harorati 1991 yildan to 2020 yilga bo‘lgan harorat bilan solishtirganda Selsiy bo‘yicha 0,3 daraja yuqori bo‘lgan, 1850-1900 yil bilan taqqoslaganda esa mazkur tafovut 1,2 darajani qayd etmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq Buyuk Britaniyaning meteorologiya byurosi ham 2022 yil mamlakat uchun kuzatuv tarixi boshlangandan buyon eng issiq yil bo‘lganini e’lon qilgan edi, deb yozmoqda “Hovar” agentligi.