Argentina Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, mamlakatda maymun chechagi infeksiyasidan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda “La Nacion” gazetasi xabar berdi.
Mamlakatda jami 1 ming 25 nafar fuqaro maymun chechagini yuqtirib olgani, ularning 98,14 foizi erkaklar ekani rasman tasdiqlangan. Eslatib o‘tamiz, Argentinada maymun chechagi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati o‘tgan yil noyabrda qayd etilgan edi.
– Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virus bo‘lib, asosan tropik o‘rmonlar yaqinida joylashgan markaziy va g‘arbiy Afrikaning chekka hududlarida uchraydi. Odatda, maymun chechagi epidemiyasi bo‘yicha o‘lim darajasi bir foizdan o‘n foizgacha yetishi bilinadi, – deya ma’lumot berdi TASS agentligi.
O‘zA