Yog‘ingarchiliklar bo‘lmayotgani sababli Istanbul suv omborida suv sathi pasayib ketgan, natijada iste’molchilarga suv yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishi mumkin, deb xabar tarqatdi TRT telekanali.
“Istanbulni ta’minlab kelayotgan suv ombori atigi 33,3 foizga to‘lgan. Agar yog‘ingarchilik umuman bo‘lmasa, suv zaxirasi uch yarim oyga yetadi”, – deydi mamlakat qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vaxit Kirishji telekanalga bergan ma’lumotida.
Anqara va Izmirda ichimlik suvi zaxirasi tegishlicha olti va yetti oyga yetadi, deya ta’kidlagan vazir.
2022 yil dekabr Turkiyada o‘tgan 52 yil davomida eng issiq oy bo‘ldi, degan edi avvalroq atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlari vaziri Murat Kurum. Mana bir necha haftadirki shaharda kuchli yomg‘ir kuzatilgani yo‘q.
Xabarda ta’kidlanishicha, agar shaharga yanvar oyi uchun odat bo‘lgan kuchli yomg‘irlar yog‘masa Istanbulda suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.