Yoshlar mahorat oshirmoqda

Nukus shahridagi Respublika suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 704 nafar o‘g‘il-qiz baydarka va kanoeda eshkak eshish, suzish va sinxron suzish, akademik eshkak eshish bo‘yicha mahorat oshirmoqda.

15.jpg

Sport maskanida texnik va taktik mashqlarni samarali tashkil etish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Mashg‘ulotlarga 24 nafar murabbiy bosh-qosh. Islom Mambetnazarov, Odilbek Yusufboyev, Marjona Orazimbetova, Biybigul Melliboyeva, Gulandom Abduraimova singari maktab tarbiyalanuvchilari suv sporti bo‘yicha yirik musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotir.
4.jpg
6.jpg
12.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA