Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdilar.