Hududlardagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi AI-80 markali benzin narxlarini o‘rganish maqsadida Urgut tumani hokimi Botir Jabborov mahalliy AYOQSHlarga tashrif buyurdi.

Mazkur markali benzin narxlarini kuzatayotib, tadbirkorlarga ba’zi e’tirozlarini ham bildirib o‘tdi: “AI-80 benzin narxini 5700 so‘m deb og‘zaki aytyapsiz. Yozilgan bo‘lishi kerak narxi. Yo‘ldan o‘tayotgan oddiy fuqaro ham narxni ko‘rib kirishi kerak”.

Eslatib o‘tamiz, hukumatimiz tomonidan birja savdolariga qo‘yilayotgan AI-80 benzinining kunlik hajmini oshirish, narxning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida izchil choralari davom etmoqda.

O‘zA