Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning «Nurafshon davlat universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unda qayd etilishicha, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi.

Universitetda o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Universitet bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Qayd etilishicha, universitetga talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qo‘shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

O‘zA