My.gov.uzda O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza berish imkoniyati yaratildi.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:

— O‘zi va farzandiga JSHSHIR olish;

— Bolaning fan baholari qo‘yiladigan hujjati va uning o‘zbek tilidagi tarjimasi;

— Bolaning sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

Agar arizani bolaning ota-onasi o‘rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.

O‘zA