Xo‘jalikda ish qizg‘in

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Bo‘zatov” davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonlarni asrash va ko‘paytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

O‘rmon xo‘jaligining umumiy yer maydoni 16 ming 448 gektardan iborat. Ko‘chatchilik uchun ajratilgan maydonda yapon safrosi, sharq tuyasi, katalpa, qayrag‘och, zarang kabi manzarali, igna bargli hamda mevali daraxtlar ko‘chati yetishtirilmoqda.

Shuningdek, xo‘jalik qoshida sanoat va iste’mol mollari ustaxonasi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda gul va nihol o‘stirish uchun tuvaklar, tovuqxona, asalari uyalari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

3.jpg
8.jpg
10 (1).jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA