Bugun ertalab Xitoy rahbari Si Szinpin “G20” sammiti doirasida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.

«Sinxua» agentligi xabar berishicha, Si Szinpin so‘nggi uch yil ichida tomonlar yaqin munosabatni qo‘llab-quvvatlagani bois, Xitoy-Fransiya aloqalari rivojlanishi ijobiy sur’atni saqlab qolgani va ikki mamlakat hamkorlikda samarali yutuqlarga erishganini qayd qilgan.

«Xitoy Fransiya va Yevropa Ittifoqi bilan uzoq muddatli munosabatning jadal rivojlanishi to‘g‘ri yo‘ldan borishi, dunyoga barqarorlik hamda ijobiy energiya baxsh etishi uchun mustaqillik, ochiqlik va hamkorlik ruhini ushlab turishlari kerak», – dedi Si Szinpin.