Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo “G20” sammiti ishini ochib berdi, deb xabar berdi “TASS” agentligi.
U o‘z nutqida “Biz nafaqat xalqlarimiz, balki butun dunyo xalqlari oldida mas’uliyatimiz bor. Mas’uliyat xalqaro qonunlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini hurmat qilishdan iborat”, dedi.
“Katta yigirmalik” yig‘ilishi rejalashtirilganidan yarim soat kechroq, taxminlarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Baydenning kechikib kelishi bilan boshlandi.
Birinchi ish kuni ishtirokchi-mamlakatlar yetakchilari oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, shuningdek, global sog‘liqni saqlash arxitekturasi masalalarini muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, Indoneziya rasmiylari oliy martabali mehmonlarni Kalimantan orolining sharqiy qismida Jakartadan ko‘chirilishi rejalangan yangi poytaxt loyihasi bilan tanishtiradilar.
Sammitning ikkinchi ishi kuni Denpasardagi Ngurax-Ray bog‘ida mangrov daraxtlarini ekish bilan boshlanadi.
Anjuman qatnashchilari shundan keyin raqamli transformatsiya bo‘yicha ishchi sessiyasini o‘tkazishadi.
“Katta yigirmalik” deklaratsiya qabul qilish bilan yakunlanadi.
Shundan keyin Prezident Joko Vidodo matbuot anjumanida sammit ishi haqida jurnalistlarga ma’lumot beradi.
Navbatdagi “G20”ning raisligi Hindistonga o‘tadi.
O‘zA