Antonio Konte: “Chelsi” kelgusi mavsumda Yevropa chempionlar ligasida qatnashishi kerak!

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte kelasi mavsum futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etish uchun hozirdan harakatni boshlashi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.

“Ayni damda eng asosiy ish bor e’tiborni jamlab, kelasi mavsumda Yevropa chempionlar ligasida qatnashishga xarakat qilishdir. Albatta, bu ish oson emas, sababi, raqobatdosh jamoalar juda ko‘p. Asosiysi biz jamoamiz bilan yaxshi natijalarga e’tibor qaratish”, deydi Konte.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” bugun APLning 29-turida “Manchester Siti” bilan bahslashadi. Mazkur jamoa 28 ta o‘yindan keyin musobaqada 53 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

 

O‘zA