Qozog‘iston Konstitutsiyasiga bir martalik yetti yillik prezidentlik muddatiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif etuvchi qonun loyihasi mamlakatning Asosiy qonuniga mos keladi. Bu haqda respublika konstitutsiyaviy kengashining e’lon qilgan xulosasida aytiladi.

“Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qozog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shu jumladan Asosiy qonunning 91-moddasi 2-bandida belgilangan talablarga muvofiq, deb e’tirof etilsin”, deyiladi hujjatda.
Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy kengash Qozog‘iston Prezidenti Kosim-Jomart Tokayevning mazkur qonun loyihasining Konstitutsiya talablariga muvofiqligini aniqlab berish yuzasidan qilgan murojaatiga asosan xulosa tayyorlab berdi.