“Islom davlati” terrorchi guruh rahbarlaridan biri Turkiyada qo‘lga olindi, deb e’lon qildi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.
“Prezident Erdog‘an Turkiyada terrorchi Abu Zeyd ismli shaxs ushlanganini e’lon qildi, u Islom davlati rahbarlarining biri hisoblanadi”, – deb tezkor tartibda xabar tarqatdi NTV telekanali.