Avstraliya “yashillar” partiyasi yetakchisi Edam Brandt jamoatchilikning bezovtaligiga sabab bo‘ladigan taklifni ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, Yelizaveta II vafotidan keyin mamlakat konstitutsion manarxiyadan kechib, respublika bo‘lishi kerak, deb xabar tarqatdi Sky News Australia telekanali.
Avvalroq Brandt Twitter ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Tinchlikda yoting malika Yelizaveta II. Endi Avstraliya oldinga qarab harakat qilishi kerak. Bizga mahalliy aholi bilan shartnoma zarur va endi respublika bo‘lishimiz kerak”, deb yozgandi. Telekanalning ta’kidlashicha, boshqa siyosatchilar Brandtni marhum qirolichaga hurmat saqlashga chaqirgan.
Brendtni “yashillar” partiyasidan parlament a’zosi Lidiyu Torp ham qo‘llab-quvvatlamoqda. U avgust oyida qasamyod qabul qilganda Angliya qirolichasini “kolonizator”, deb atagandi. Avstraliyaning 1901 yilda qabul qilingan konstitutsiyasiga binoan, mamlakat konstitutsion manarxiya hisoblanadi va qirollik toji manfaatlarini u yerda general-gubernator himoya qiladi. Mamlakat hukumatini esa bosh vazir boshqaradi.
1999 yilda Avstraliyada hatto referendum o‘tkazilgan edi, uning natijalariga ko‘ra, avstraliyaliklarning aksariyati o‘z davlati tuzilishida hech qanday o‘zgartirish shart emasligini yoqlab chiqqandi.