Bugun davlatimiz rahbari poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Xabaringiz bor, 2021 yil 20 avgust kuni davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ilk bor ochiq muloqot o‘tkazgan edi. Bu sana mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilanib, bunday uchrashuvlar an’anaviy tarzda, har yili tashkil etilishi belgilab olindi.

Joriy yil ham mazkur muloqotga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Tadbirkorlardan savol va takliflarni yig‘ish bo‘yicha respublika shtabi hamda “koll-markaz” tashkil etildi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, unga 12 mingdan ortiq ortiq taklif va murojaatlar kelib tushgan.

Qayd etish joiz, respublika shtabi a’zolari tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan tizimli va xususiy masalalar muhokama qilib borildi.

Avgust oyi o‘rtasidan boshlab, joylarda vazirlar va hokimlar ishtirokida tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi bugungi uchrashuv bu haftalikning yakuniy va asosiy voqeasi bo‘ladi.

O‘zA