Eron Islom Respublikasida muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat saylov shtabining matbuot kotibi Mohsin Eslamiy ma’lum qildi, deb xabar tarqatdi “Report” axborot agentligi.
Eron prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish 28 maydan boshlanadi.
– Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashiga 28 maydan nomzodlarni ro‘yxatga olishni boshlash taklif qilindi, -dedi Mohsin Eslamiy.
19 may kuni Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi Verzegan shahri yaqinida “qattiq qo‘nish”ni amalga oshirdi. Natijada Prezident vertolyotining barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi.
Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, 50 kun ichida tashkil etilishi kerak bo‘lgan saylovlar o‘tkazilgunga qadar davlat rahbari vazifasini vaqtincha birinchi vitse-prezident bajarib turadi.