Joriy yilning 25-26 iyun kunlari Mo‘ynoqda Orolning qurigan tubida ilk marotaba sohil futboli va voleyboli bo‘yicha “Muynak Sand Cup – 2022” superturniri bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Futbol assotsiatsiyasi hamda Mo‘ynoq tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Sohil futboliga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridan jamoalarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA