Mamirova Dilorom nega o‘z joniga qasd qilgan? (+video)

2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va topshirig‘iga asosan nogironlarga dastlabki to‘lovi byudjetdan qoplanib uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida 1207 ta uy-joy berildi. Bu yil yana 3000 ta nogiron uchun shu shartlarda uy qurilayapti. Bundan tashqari kam ta’minlangan, uy-joyga extiyoji katta bo‘lgan oilalar uchun arzon uylar qurilib ijaraga berilmoqda. Jurnalist Muxammadjon Obidovning xabar berishicha, 2017-yilning o‘zida birgina Marg‘ilon shaxridan 142 kam taminlangan oila shu kabi uy-joy bilan ta’minlangan. Ammo ularning biriga egalik qiluvchi Dilorom Mamirova 12-fevral kuni uy-joy bo‘limi vakili ijara xaqi so‘raganini eshitib o‘zini osmoqchi bo‘lgan. 

 
Quyida shu xaqdagi videolavxani ko‘ring.
 
 

 

 

O’zA