Ustyutr platosi uzoq asrlar davomida ko‘plab xalqlar sivilizatsiyasi tutashgan makon bo‘lib kelgan. Uning bepoyon kengliklari bo‘ylab asrlar osha savdo karvonlari o‘tgan. Karvon yo‘llari G‘arb bilan Sharqni, Janub bilan Shimolni tutashtiruvchi tranzit xizmatini o‘tagan. Plato bo‘ylab qadimiy karvonsaroylar, qal’alar, qadimiy maqbara va qabristonlarni bugun ham ko‘plab uchratish mumkin.
Hudud o‘zining ajoyib tabiati, betakror va boy landshafti bilan ham e’tibor qozongan. Bu yerda o‘simliklarning bir necha turi, tulki, qarsoq, quyon, boyqush, burgut, kaklik kabi jonzotlar makon topgan.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA