“O‘zstandart” agentligi inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazish mumkin bo‘lgan sotuvdagi mahsulot to‘g‘risida axborot berdi.
Unda qayd etilishicha, agentlikning davlat inspektorlari tomonidan iste’mol bozoriga oid ma’lumotlar o‘rganib chiqilib, tahlil qilinganda sifatsiz va inson salomatligiga zarar yetkazish mumkin bo‘lgan mahsulot aniqlangan.
Ushbu xavfli mahsulot yuz uchun gel bo‘lib, nomi “Lift gel activateur”dir. “ NEWA” savdo belgisi ostida Isroil davlatida ishlab chiqarilgan. Gel tarkibida N-nitrozodietanolamin (NDELA) moddasi aniqlangan. Bu modda kanserogen hisoblanadi va organizmda xatarli o‘smalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu xavfli mahsulot haqidagi batafsil ma’lumot tayyorlanmoqda. Saytimizni kuzatib boring.