Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanidagi Sharof Rashidov ko‘chasi 16-uyda yashagan, kasb-hunar kolleji o‘quvchisi A.Satimbayevning jasadi boshida jarohatlari bilan o‘z uyidan topilgan, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni A.Satimbayevning birga yashovchi qarindoshi, 1988 yilda tug‘ilgan T.Boranov sodir etgani aniqlanib qo‘lga olingan.
O‘zA