Janubiy Afrika Respublikasi Prezident Yaqub Zuma o‘z lavozimini muddatidan avval tark etish haqidagi taklifni rad etgach, hukmron partiya – Afrika Milliy Kongressi uni iste’foga jo‘natishga qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Ria novosti Times Live nashriga tayanib.
Afrika Milliy Kongressi ijroiya qo‘mitasi dushanba kungi yig‘ilishda Prezident Yaqubning davlat rahbari sifatidagi faoliyatini muhokama qilingan. SABC teleradiokompaniyasining ma’lum qilishicha, partiya Yaqub Zumaga o‘z ixtiyori bilan iste’foga ketishi uchun 48 soat muhlat bergan. Taklif rad etilgach, hukmron partiya Yaqub Zumani lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qilgan.
So‘nggi vaqtlarda hukmron partiya mamlakat yetakchisining davlat mablag‘larini samarasiz sarflagani foni ostida muxolifat bosimi ostida qolib kelmoqda.