Mamlakatimizning 30 ta oliy ta’lim muassasasi an’anaviy ravishda yuritiladigan, dunyoning eng kuchli universitet va institutlari faoliyatini baholab boradigan mashhur tuzilmalar ro‘yxatidan joy oldi.

Maxsus “Times Higher Education” oliy o‘quv yurtlarining nufuzli xalqaro reytingi o‘z tadqiqoti – “Impact Rankings 2022” natijalarini e’lon qildi.

Ilk bor mazkur yetakchilar orasida O‘zbekistonning 30 oliy ta’lim dargohi qayd etildi.

Darvoqe, 2021 yil ushbu reytingga mamlakatimizdan 10 ta universitet va institut olingan. O‘tgan yil tanlovda 94 mamlakatdan 1 000 ta, 2022 yil esa 110 davlatning 1 500 oliy ta’lim muassasasi qatnashgan.

O‘zA