Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan xabar berilishicha, o‘tgan yilda viloyatda 195 marotaba avtohalokat yuzaga kelib, buning oqibatida 64 nafar fuqaro (ular orasida 2 nafar bola ham bor) halok bo‘lgan. Joriy yilning o‘tgan davrida yuz bergan yo‘l transport hodisalarida ham o‘lim holatlari qayd etilgan.

Darhaqiqat, fojia bilan yakun topayotgan yo‘l transport hodisalarining aksariyati piyodalar aybi bilan sodir bo‘lmoqda. Shuni inobatga olib, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining topshirig‘iga asosan, Navoiy shahrida 10 fevraldan 15 kunlik “Diqqat piyoda” tadbiri boshlandi.

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA