Energetika vazirligi va vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan EnergoWiki mobil ilovasi ishlab chiqildi, deb xabar berdi vazirlik matbuoti xizmati.

Mazkur ilova iste’molchilarga Energetika vazirligi va uning tizimidagi barcha tashkilotlardagi so‘nggi yangiliklar, onlayn murojaat qilish va iste’molchilarning savollariga tezkor javoblar, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa bir qator qulayliklarni taqdim etadi.

Shuningdek, ilova orqali elektr energiyasi va gaz uchun onlayn to‘lov tizimi, hisob-kitob holati bo‘yicha shaxsiy kabinet oynasi kabi xizmatlarni amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur ilovani GooglePlay tizimi orqali telefoningizga bepul o‘rnatib olishingiz mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Ilova ayni paytda android operatsion tizimi uchun mavjud bo‘lib, yaqin kunlarda IOS (AppStore) operatsion tizimi qurilmalari uchun ham yaratiladi.

O‘zA