Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo‘yida madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyevga mazkur park loyihasi yuzasidan ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Aholining dam olishi uchun qulayliklarni oshirish, xususan, Nuroniylar maskanida choyxona va askiya markazi tashkil qilish, yaqin joyda poliklika barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezidentimiz Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini hal qilishga ko‘maklashish, ish o‘rinlari yaratish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligini ta’kidladi.