O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tuman markazlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi raisi X.Halimov va boshqalar aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Ularning xizmat avtomashinalari bilan ta’minlanishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshiradi, uning tezkorligi va ochiqligini ta’minlaydi. Eng muhimi, olis va chekka hududlarda yashaydigan fuqarolarning ham davlat xizmatlaridan foydalanishiga keng imkoniyat yaratadi. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”, degan tamoyilga muvofiq, yangi tizim Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas – davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu g‘oyasini so‘zsiz amalga oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi.