Qozog‘iston bosh prokurori Berik Asilov yanvar voqealarida jami 230 kishi halok bo‘lgani haqda ma’lum qildi.

“Bundan avval Bosh prokuratura jami 225 kishi, jumladan, 19 nafar kuch ishlatar tizimi xodimlari qurbon bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edi”, – dedi Asilov mamlakat parlamentining quyi palatasi o‘tkazgan navbatdagi majlisida.