Boku Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘tkaziladigan uchrashuvga mezbonlik qilishga tayyor, deya ma’lum qildi Ozarbayjon Prezidenti yordamchisi – Prezident ma’muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘limi rahbari Hikmat Hojiyev
“Ria Novosti” agentligi xabariga ko‘ra, Hikmat Hojiyev Antaliyada bo‘lib o‘tgan diplomatik forumda ikki tomonlama uchrashuvga Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
U, qolaversa, Boku Rossiya-NATO delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qator uchrashuvlarda muzokara maydoni vazifasini bajarganini esladi, bu borada tajriba yuqori ekanini alohida qayd etdi.
– Ukraina tomonidan shunday taklif bo‘lgandi. Biz bunday uchrashuvga mezbonlik qilishga tayyormiz, ilgari Bokuda Rossiya va NATO delegatsiyalari o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tardi, – degan prezident yordamchisi. – Bilasiz, Ozarbayjon NATOga a’zo emas, qaytanga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) a’zosi, Qo‘shilmaslik harakatiga ham raislik qiladi. Shunday ekan, Boku ikkala tomon uchun o‘zi to‘g‘ri deb bilgan taklifni beryapti.
Hikmat Hojiyev nutqi chog‘ida, shuningdek, Ozarbayjon tomonlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.