Toshkentda III adweek marketing va reklama haftaligi o‘tkaziladi

Poytaxtimizda 8-13 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur haftalik doirasida bir vaqtda ikkita marketing va reklama sohasidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Unda taniqli marketologlar, turli kompaniya asoschilari, birinchi raqamli ekspertlar hamda amaliy reklama maktabi asoschilari ma’ruza qiladi. Shuningdek, xalqaro marketing konferensiyasi bilan bir paytda, marketing va reklama ko‘rgazmasida dizayn, poligrafiya xizmatlari, suvenir mahsulotlar va shu kabi ko‘plab yo‘nalishdagi kompaniyalar vakillari qatnashishi kutilmoqda.
Adweek–2019ning yana bir farqli jihati, bu uning ommaviy tadbirlar shaklida o‘tishidir. Mamlakatimizda birinchi marta ko‘p sonli tomoshabinlar uchun, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “ABC Show” dunyoning 45 ta yetakchi festivalida g‘alaba qozongan eng ko‘p taqdirlanuvchi videoroliklar va bosma ishlar kolleksiyasi namoyish etiladi. Shouda qatnashish tovar va xizmatlar bozorida yangi g‘oyalar izlayotgan, biznesni rivojlantirishga intilayotgan fuqarolarga tavsiya etiladi.
Shuningdek, haftalik doirasida “TAF!” birinchi Toshkent reklama festivali o‘tkaziladi. Festival dasturidan TAF! kreativ tanlovi, birinchi xalqaro reklama konferensiyasi va kreativ tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘rin olgan.
adweek 5.jpg
adweek 6.jpg
adweek2.jpg

 

Gulnoza Boboeva, O‘zA