Jurnalistlar umummilliy guvohnomaga ega boʻladi

Prezidentning 2 fevraldagi qarori bilan 2019-2020 yillarda Oʻzbekistonda axborot sohasini rivojlantirish boʻyicha dastur tasdiqlandi.
Dasturga koʻra, 2019 yil 1 iyungacha yangi tashkil etilgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi quyidagi takliflarni ishlab chiqishi kerak:
– jurnalist maqomini oshirish;
– media jamiyatda oʻzini oʻzi boshqarish mexanizmlarini shakllantirish;
– jurnalistning umumeʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish.

 

OʻzA