Oʻzbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuv boʻlib oʻtadi

2018-yilning 24-dekabr kuni Pekin shahrida Oʻzbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtadi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.
Eslatib oʻtamiz, 2004-2017 yillar oraligʻida Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 15 ta davrasi oʻtkazilgan.

 

O’zA