Ashxobod shahrida farmatsevtika sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mustahkamlash va mahalliy mahsulotlar eksportini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston – Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Turkmaniston Respublikasi bilan farmatsevtika yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari kengayishi mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni qiziqtirmoqda.

Tadbirlar davomida O‘zbekiston va Turkmaniston tadbirkorlarining  B2B uchrashuvlari  bo‘lib o‘tdi.  Xususan, O‘zbekistonning  farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi – “Fayz Kamfort Nur” X.K, “Abu Bakirxon savdo nur” X.K, “Omad Azimsher Fayz” MCHJ,  “Mahamat ota” MCHJ, “CENTOR FOR THE ORGANIZATION OF FERULA“ MCHJ, “NIKA PHARM” MCHJ, “Optima Sobirjon“ MCHJ, “Dentafill Plyus” MCHJ, “OKS MASSAGET” MCHJ, “Uzgermed Pharm”, “Fazo-luxe”, “Aziya imunopreparati“ kabi korxonalari turkmanistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada 5,1 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

Abdulaziz Rustamov, O‘zA