Shu yilning 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan sayyohlik sohasi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Hozirgacha 138 davlat vakillari ro‘yxatdan o‘tdi.

Anjuman dasturidan turli uchrashuvlar, investitsiya va ta’lim forumlari, ko‘rgazmalar o‘rin olgan.

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov mazkur xalqaro forumga tayyorgarlik haqida O‘zAga intervyu berdi.

G‘.Hasanov, A. Isroilov (video), O‘zA muxbirlari.