AQSHning Oklaxoma shtatida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi.

Bahodir kechaning og‘ir vazn toifasida nigeriyalik Onoriode Ehvariome bilan jang o‘tkazdi. 8 raundga mo‘ljallangan jangning ilk raundida uni aniq zarbalar evaziga texnik nokautga uchratdi.

Shu tariqa B. Jalolov professional boksdagi o‘n uchinchi, Top Rank’dagi ilk g‘alabasiga erishdi.

J. Toshxo‘jayev, O‘zA