Ayni kunlarda Toshkentning “Humo” klubi xokkey bo‘yicha Qozog‘iston kubogi bahslarida ishtirok etmoqda.

Hamyurtlarimiz Qozog‘iston kubogi “B” guruhida “Arlan”, “Irtish”, “Sariarka” hamda “Gornyak” jamoalari bilan kuch sinashmoqda.

Bugungacha jamoalar ikkitadan uchrashuv o‘tkazdi.

“Humo” har ikki bahsda g‘alabaga erishdi. Ilk o‘yinda xokkeychilarimiz “Irtish” bilan to‘qnash kelib, bullitlar seriyasida 3:2 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, kecha, 25 avgust kuni o‘tkazilgan ikkinchi uchrashuvda “Gornyak” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ertaga, 27 avgust kuni “Humo” jamoasi navbatdagi uchrashuvda “Sariarka” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, ayni paytda “Humo” kubok bahslarining guruh bosqichida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

T. Ro‘ziyev. O‘zA