Yangi haydovchilik guvohnomasi qancha turadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi qaroriga asosan haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning talonini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun eng kam ish haqining 70 foizi, ya’ni 120 ming 568 so‘m to‘lanadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 2017-yil 1-oktabrdan boshlab berilishi yo‘lga qo‘yildi.

200200_200_200_02.jpg

2018-yilning 31-dekabrigacha eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga ixtiyoriy tartibda, 2019-yil 1-yanvardan 2020-yil 31- dekabrga qadar esa majburiy tartibda almashtiriladi.

2021- yil 1- yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi.

 

O‘zA