Namanganliklar 3 kumush va 2 bronza medalni qoʻlga kiritdi

Joriy yil 20-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Tula shahrida qoʻl jangi boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. 
Namanganlik vakillar chempionatda 3 kumush va 2 bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Namangan shahridagi 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ushbu musobaqa sovrindorlarini sharaflashga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sogʻlom va barkamol voyaga yetkazish, xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalashga qaratilayotgan eʼtibor yuksak samaralar berayotgani taʼkidlandi.
Jahon chempionatida 14-15 yosh toifasida Musaxon Abdullayev ikkinchi va Baxtiyor Sharipov uchinchi oʻrinni egalladi. 16-17 yoshli sportchilar bahsida Alisher Joʻraxonov kumush medalga sazovor boʻldi. 18-21 yoshli sportchi qizlar bellashuvida Zarina Olimjonova ikkinchi, Dilafruz Tursunboyeva uchinchi oʻringa munosib koʻrildi.
1.jpg
3.jpg
4.jpg
6.jpg
7.jpg

 

Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA