Shavkat Mirziyoyev: muhimi odamlarda izlanish kuchayib borayotganidir

Prezidentning Andijonga o‘tgan yil iyun oyidagi tashrif yakuniga ko‘ra ishlab chiqilgan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan dasturga muvofiq, viloyatda 2017 yilda umumiy qiymati 1,5 trillion so‘m bo‘lgan 3 mingdan ziyod loyiha amalga oshirilgan.

Buning natijasida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 26 foizga, joriy yilning birinchi choragida 34 foizga o‘sgan.

“Muhimi raqamlar emas, balki fuqarolarimizda ertangi kunga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanayotgani, ularda yaxshi yashash uchun intilish va izlanishning kuchayib borayotganidir” dedi davlatimiz rahbari.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

O’zA