Nukusda ommaviy marafon bo‘lib o‘tdi

Nukus shahrida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy marafon o‘tkazildi.

Marafon Janubiy avtovokzaldan boshlanib, To‘rtko‘l, Amir Temur, Islom Karimov shoh ko‘chalari bo‘ylab o‘tkazildi va Amfiteatr oldida yakunlandi. Marafonda maktab, kollej va akademik litsey o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, muassasa, korxona va tashkilotlar xodimlari, harbiylar ishtirok etdi.

10.jpg

Marafondan so‘ng urush davri va zamonaviy harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Yoshlar harbiy texnikalarni qiziqish bilan tomosha qildi, urush faxriylari va harbiylar bilan suhbatlashdi, urush davri qo‘shiqlarini kuyladi.

– Xotira va qadr dunyodagi eng yuksak qadriyatlar hisoblanadi, – deydi Nukus sport kolleji o‘quvchisi, taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Z.Satbayev. – Bu bayram yurtimizda keng tarzda nishonlanadi. Bugun ham katta shodiyona. 9 may sanasi munosabati bilan o‘tkazilayotgan marafonda ishtirok etdim. Men kabi yoshlarning asosiy maqsadi marafonda g‘olib bo‘lish emas, salomatligimiz uchun harakat qilishdir.

Marafon g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

16.jpg
20.jpg

 

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA