Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “Indian Open” xalqaro turnirida final janglari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi final bahsida Bahodir Jalolov hindistonlik Kumar Satishni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 75 kilogrammda Isroil Madrimov kubalik Estrada Iglesias ustidan zafar quchdi. O‘zgacha uslubda bellashuvchi bokschimiz Bobo-Usmon Boturov esa mezbon sportschi Dineshni yengdi.
Vazni 91 kilogrammgacha bo‘lgan Sanjar Tursunov so‘nggi bellashuvda Hindiston sharafini himoya qilgan Sanjitga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Hozircha, “Indian Open” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi.